19:43 / 16.03.2016
1374

Anons: Bugun YeChLning nimchorak finalida «Barselona» «Arsenal»ni, «Bavariya» «Yuventus»ni qabul qiladi

Bugun, 16 mart oqshomida Yevropa Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi yana 2 uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ularning biriga Barselona shahridagi "Kamp Nou", ikkinchisiga esa Myunxendagi "Alyants Arena" mezbonlik qiladi.

Bu juftliklarning 23 fevral kuni o‘tkazilgan ilk uchrashuvlarida «Bavariya» safarda «Yuventus» bilan 2:2 hisobida durang natija qayd etgan, «Arsenal» esa «Barselona»dan 0:2 hisobida yengilgandi.

Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bu o‘yinda 3:3 hisobidagi durangga umid qilishini bildirgan.

«Arsenal»ning vaziyati esa qiyinroq, londonliklar keyingi bosqichga chiqish uchun «Barselona» darvozasiga 2ta gol urib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlashi hamda qo‘shimcha vaqtlarga o‘tilishi mumkin. 2:0 hisobidan yuqori 2ta to‘p farqi bilan qozonilgan har qanday hisobdagi g‘alaba Arsen Venger shogirdlarini qanoatlantiradi.

Bugungi o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 00.45da boshlanadi.

Myunxendagi uchrashuvga Yonas Eriksson boshchiligidagi shvetsiyalik hakamlar brigadasi tayinlangan, Barselonadagi uchrashuvda esa Sergey Karasayev boshchiligidagi rossiyalik hakamlar ishlashadi.

Massimiliano Allegri: «Bavariya» o‘yinda to‘pni nazorat qilishga harakat qiladi, lekin ularning ham zaif nuqtalari bor»

Xosep Gvardiola: «Yuventus» tarkibida chempionlar harakat qilishadi»

Arsen Venger: «Barselona»dagi sehrgarlar bizni mudofaada yaxshi o‘ynashga majbur qilishadi»

Luis Enrike: «20 yil murabbiy bo‘lib ishlash ilojsiz ish. Menga qolsa 6 oydan ortiq muddatga bitim tuzmayman»

Top