20:02 / 16.03.2016
3476

Ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘lmagan va bundan faxrlanuvchi mashhurlar

Twitter, Instagram va ijtimoiy tarmoqlar - bu mashhurlar bir-birlarini faol muhokama qilib, o‘z yutuqlari bilan bo‘lishib, hayotlarining har bir ahamiyatli onlarini yoritib borish uchun mo‘ljallangan joy.

Qaysidir mashhur yulduz o‘zining tushlik chog‘idagi fotosuratlarini faol tarzda tarmoqqa yuklayotgan bir vaqtda, boshqa biri bu tvitlar, repostlar va layklarning barchasi vaqtni behudaga sarflash deb hisoblaydi...

 

Anjyelina Joli va Bred Pitt

Joli va Pitt o‘zining minglab intervyularida kompyuterdan yaxshi foydalanishni bilmasliklarini ta'kidlashgan. Balki juftlik o‘zini olib qochayotgandir, chunki surat qo‘yish yoki “check in” qilishga bor-yo‘g‘i smartfonlarni ishlatish kifoya qiladi.

Shunchaki yuqori toifadagi yulduzlar qandaydir begona kimsaning ular qaysi mehmonxonada qolishganini bilishini istashmaydi. Ularni tushunsa bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning olti farzandi bor. Ko‘rinib turibdiki, ularning instagram uchun vaqti yo‘qligi tabiiy hol. Lekin yulduzli juftlikning omma oldidagi har qanday chiqishi va intervyusini muxlislar oylab muhokama qilishga tayyor. Axir mashhurlikning eng cho‘qqisi shu emasmi?

 

Jonni Depp

Jonni Deppning ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘plab sahifalari mavjud. Lekin, ularning barchasi soxta bo‘lib, aktyorning o‘ziga hech qanday aloqasi yo‘q. 
Darvoqe, aktyor shu kungacha Twitter mavjudligi haqida hech nimani bilmagan edi. Matbuot anjumanlarining birida undan tvitterda o‘z sahifasini ochish niyati borligini so‘rashganida, Depp taajublanib, bu tarmoq o‘zi nima ekanini so‘ragan. Keyin unga tvitter haqida ma'lumot berishgan. Aktyor o‘zining shaxsiy hayotini qadrlashi va u haqida butun dunyoga jar solish noto‘g‘ri ekanini aytib o‘tgan.

 

Bryus Uillis

Ha, Bryus Uillis hattoki instagramda ham yo‘q. Sababi, u shunchaki o‘zini u yerda noqulay his etadi. Aktyor agar ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochsa, tinch yashay olmasligini tan oldi.
Biroq, aktyorning turmush o‘rtog‘i Emma o‘z sahifasida Bryus bilan birga tushgan oilaviy suratlarni faol tarzda joylab boradi.

 

Kira Naytli 

Angliyalik aktrisa ijtimoiy tarmoqlarga qarshi ekanligini ochiq tan oladi. “Xabarlarni doimiy tekshirish, fotosuratlar tagidagi layklarni sanab chiqish, har daqiqada yangiliklar lentasini kuzatish va postga yozilgan izohlarni o‘qib chiqish... Bularning barchasi menga ahmoqona, sodda mashg‘ulotdek tuyuladi. Men ko‘pchilik tomonidan kimgadir qiyoslanishni istamayman”, - deydi Kira. 
Shunday ekan, biz aktrisaning rasmiy sahifasini hozircha aniq ko‘rmaymiz.

 

Jyennifer Lourens 

"Kecha barcha Twitter, Instagram, Tumblr haqida suhbatlashdi. Bu shu darajada asabimga tegdiki, yorilib ketay dedim. O‘sha vaqtda bo‘g‘ilib qolayozdim. Menga turli xil hazillarni ko‘rsatishdi. Menga shular kerakmi? Nima? Pinterest? Menda u yo‘q. Men sahifa yaratgunimcha, qandaydir boshqa tarmoq urfda bo‘lsa kerak".

 

Nikol Kidman

Mashhur yulduzning rasmiy sahifasi hech qaysi ijtimoiy tarmoqda mavjud emas. Lekin soxta sahifalar juda ko‘p. Ularni ochganlar esa odamlarning qarshisida Nikol Kidmanning o‘zi turganiga ishontirish uchun juda qattiq harakat qilishadi. 
Ammo Nikolning o‘zi “nicolekidmanofficial.com” rasmiy saytida mavjud. Bu sayt orqali aktrisaning ijodi va premeralari haqida ma'lumot olish mumkin.

 

Deniel Kreyg

Akter Deniel Kreyg ijtimoiy tarmoqlar o‘rniga bir qadah ustida yuzma-yuz suhbatlashishni yoqtiradi. “Men Facebook’da o‘tirmayman. Twitter’da ham yo‘qman”, - deydi Kreyg.

Top