15:11 / 16.03.2016
2038

O‘zbekistonda bolalar uchun nogironlar haqidagi kitob chop etildi

O‘zbekistonda jismoniy nogiron odamlar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyaning bolalarga mo‘ljallangan “Vse delo v sposobnosti” nomli versiyasi taqdim etildi.

Kitobda nogironlik layoqatsizlik degani emas mazmunidagi bolalar ishtirokidagi ko‘plab surat va tasvirlar joy olgan. Bu kitob sahifalarida jismoniy imkoniyatlari chegaralangan bolalar sog‘lom bolalarga she'rlar orqali murojaat etadilar. Bundan tashqari, bolani boshqalardan ajratib turgan jihatiga emas, balki bolaning o‘ziga e'tibor berish lozimligi uqtiriladi, deyiladi UNICEF sayti xabarida.

YUNISEF vakolatxonasining O‘zbekistondagi rahbari Robert Fuderich imkoniyatlari chegaralangan bolalar butun dunyoning eng zaif guruhiga taalluqliligini ma'lum qildi, deb xabar beradi Sputnik.

Top