17:05 / 17.03.2016
1571

Andijonda odam urib ketgan haydovchining qochib ketishi natijasida jabrlanuvchi halok bo‘ldi

Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1993 yilda tug‘ilgan M.Viktoriya Bobur mahallasidagi yo‘lni kesib o‘tayotganida katta tezlikda kelayotgan “Spark” avtomashinasi boshqaruvni yo‘qotib, uni urib yuboradi. Haydovchi esa jabrlanuvchiga yordam berish o‘rniga voqea joyidan qochib ketadi. Natijada jabrlanuvchi hayotdan ko‘z yumadi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzar haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rildi. Ko‘p o‘tmay ushbu yo‘l-transport hodisasini Andijon tumanida yashovchi Q.O sodir etgani aniqlandi.

Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top