10:51 / 17.03.2016
1740

Britaniyalik uysizning yaxshiligi unga 15 ming dollar keltirdi

Britaniyada yordamga muhtoj qizga yaxshilik qilgani uchun uysiz erkak bir kechada 15 ming dollarlik bo‘lib oldi.

Voqea Londondan Milton-Kinsga ketuvchi poyezdga kech qolgan va tunni ko‘chada o‘tkazishga majbur bo‘lgan Nikol Sejyebir bilan bo‘lib o‘tdi. Buning ustiga qizning telefoni quvvatsiz bo‘lib, u yaqin atrofda u-bu kimni tanimasdi ham.

Ana shunday vaziyatda u Mark ismli uysiz erkakni uchratdi. Mark Nikolga yordam berdi: uni kichikroq boshpanaga olib bordi va tongda stansiyaga qaytib olib keldi.

Xayrlashuv paytida qiz Mark bilan selfiga tushdi va unga ko‘rsatgan yordami uchun tashakkur bildirdi.

Nikol Markka yordam ko‘rsatish uchun internetda maxsus sahifa ochdi va 11 ming funt sterling (15 580 dollar) yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Pullar Markka yetkazildi.

“Mening uysiz holatda ko‘chada yashashim, odamlarga yordam bera olmaydigan darajada noshudligimdan dalolat emas”, — deydi Mark o‘zi haqida.

Top