17:01 / 17.03.2016
1297

«Real» Azar bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

Ispaniyanig «Real» klubi Angliyaning «Chelsi» jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azarga qiziqishda davom etmoqda.

As nashri bergan xabarga ko‘ra, ispan klubi futbolchining o‘zi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda «Chelsi» belgiyalik futbolchining transferini 100 million yevroga baholamoqda.

Qayd qilinishicha, «Real»ning amaldagi bosh murabbiyi Zinedin Zidan va Azar bir necha marotaba birga ishlash niyatlari borligini ma'lum qilishgan.

«Real» Azardan hozirda Xames Rodriges va Isko to‘p suradigan chiziqda foydalanishni rejalashtirgan.

Top