14:45 / 17.03.2016
1377

Xitoyda Huawei kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti qamoqqa olindi

Xitoyda Huawei kompaniyasi prezidentining sobiq o‘rinbosari Li Inan qamoqqa olindi. Bu haqda Caixin xabar tarqatgan. Unga insayderlik axboroti bilan savdo qilishda ayblanmoqda.

Xabar qilinishicha, Li Inan 2014 yildayoq huquq-tartibot organlari bilan muammolarga duch kela boshlagan. O‘shanda tadbirkorning qarindoshlari Wuhan Huazhong Numerical Control kompaniyasi oldi-sotdisidan 7,44 million yuan (1,14 million dollar) ishlab topgani, bu esa noqonuniy ravishda amalga oshirilgani gumon qilingandi. Bunga Wuhan Huazhong Numerical Control rahbari Li Syaotao Li Inan yaqin aloqadaligi sabab bo‘lgan. Natijada Inan qarindoshlari nomiga hisob ochib, moliyaviy firibgarlikni amalga oshirgani gumon qilingan.
Sudda u o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmagan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Li Inan 1970 yilda Xunan provinsiyasida tug‘ilgan. U 15 yoshida universitetga o‘qishga kirgan. 4 yilda u menejyerlik lavozimidan yelekommunikatsion asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi vitse-prezidentligi lavozimigacha ko‘tarilgan. U Huawei kompaniyasini tark etib, Baidu kompaniyasida top-menejyer sifatida ish boshlagandi.

Top