15:51 / 18.03.2016
1495

Ermatov Qozog‘iston Supergubogi finalini boshqargani uchun 10 ming yevro olgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Qozog‘iston futbol federatsiyasi Bosh kotibi Azamat Aytxojin «Vesti.kz»ga bergan intervyusida 2016 yilning 8 mart kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida mamlakat Superkubogi uchun bahsni boshqargan o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi jamoaga gonarar berilmaganini ma'lum qildi.

Bundan oldinroq, mahalliy nashrlarda Ermatovning xizmatlari uchun 10 ming yevro to‘lagani haqida xabarlar tarqalgandi.

«Qozog‘iston va O‘zbekiston futbol federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik evaziga Qozog‘iston Superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan final bahsini boshqarish uchun xalqaro toifadagi yuqori darajali referini taklif qilishga muvaffaq bo‘ldik. Biz faqat Ermatov va uning jamoasi yo‘l xarajatlari uchun pul to‘ladik hamda ularning Qozog‘istonda yaxshi sharoitlarda bo‘lishini ta'minladik.

Uning ishtirokida yosh hakamlarga mahorat darslari o‘tkazildi. Biz yosh hakamlarlar uchun katta tajribaga ega va yuqori darajada ishlagan referilardan yangi saboqlar o‘rganish uchun imkon yaratyapmiz.

Menimcha, Ermatovning taklif qilinishi futbol bayrami maqomi ostida o‘tgan Qozog‘iston Superkubogiga yanada ko‘proq obro‘ qo‘shdi», – deydi Azamat Aytxojin.

Top