18:13 / 18.03.2016
2372

Toshkentdagi «Jo‘rabek» jome' masjidi qurilishi boshlandi

18 mart, juma kuni Toshkentdagi «Jo‘rabek» jome' masjidining yangi binosi qurilishi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida taniqli ulamolar va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Muhammadbobur Yo‘ldoshev hamda faxriy imomlar qatnashib, masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berishdi.

Yashnobod tumanida joylashgan “Jo‘rabek” jome' masjidining yangi binosi xonaqohi 650 o‘ringa mo‘ljallangan. Masjid bitta minora, gumbaz va muhtasham ayvonlardan iborat loyiha chizmasi asosida barpo etilmoqda.

Top