16:29 / 19.03.2016
1310

Arsen Venger ingliz jamoalarini «Bavariya» va «Barselona» bilan tenglashtirdi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger «Bavariya» va «Barselona» jamoalarining kuchini ingliz jamoalari bilan taqqosladi.

«Bavariya» va «Barselona» jamoalariga endi yengilmas jamoalar nisbatini berish shart emas. «Barselona»ga qarshi 2 o‘yindagi natijadan qayg‘udaman, chunki avvalgi yillardagiga qaraganda bu safar ularni yengishimiz uchun imkoniyat ko‘proq edi. Ular avvalgidek kuchli emas.

Aytish mumkinki, ingliz jamoalari uchun Angliya chempionatining o‘zi YeChL maqomida. Bu yerda har bir o‘yin qiyin kechadi, shu tufayli biz Yevropa maydonlarida jabr chekamiz.

«Barselona» bizga qarshi o‘yindan oldingi o‘yinlarida maydonda yugurib emas, yurib g‘alaba qozondi. Shanba kuni ular 20 daqiqa ichida 3ta gol o‘tkazgan jamoaga qarshi o‘ynashgandi. Ular Ispaniyada istagan ishlarini qilishlari mumkin, Angliyada esa bunga yo‘l qo‘yilmasdi.

Futbolda eng muhimi saviyali futbolchilarga ega bo‘lishdir. Men ishonch bilan aytamanki, premer-ligadagi moliyaviya sharoitlar tufayli eng kuchli futbolchilar Angliyaga kelishda davom etishadi va bu boshqa ligalarning kuchli ekaniga munosib javob bo‘ladi. Avvallari Angliya jamoalari YeChLning chorak finallarida yoki yarim finallarida to‘qnashishi odatiy hol edi, aniq ishonamanki bunday davrlar qaytadi.

Men televideniyeni ayblamayman. Siz menga premer-liganing o‘yinlar jadvali ingliz jamoalarining xalqaro maydonlardagi ishtirokini va manfaatlarini hisobga olgan holda tuzilishi kerakmi deb savol berishingiz mumkin. Men esa yo‘q deyman. Axir avval ham grafik tig‘iz bo‘lardi va biz shunday sharoitlarda xalqaro maydonlarda yaxshi ishtirok etganmiz», – deya qayd etadi Venger.

Top