10:01 / 20.03.2016
1759

Marokashda futbol fanatlari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Marokashning Kasablanka shahrida “Raja Kasablanka" va "Shabob Rif Al Huseyma” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin futbol fanatlari uyushtirgan tartibsizliklar oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda le360.ma sayti xabar bermoqda.

To‘qnashuvlar uchrashuv yakunlangandan keyin yuz bergan. “Raja” fanatlari tribunada fayyorlar yoqib, raqib jamoa fanatlari tomon ota boshlagan. Buning oqibatida stadionda tartibsizliklar boshlangan va u stadiondan tashqarida ham davom etgan. To‘qnashuvlar davomida bir necha politsiyachi jarohat oldi. Ushbu tartibsizliklar natijalariga ko‘ra 30 dan ko‘proq odam qo‘lga olingan.

Marokash qirollik futbol federatsiyasi rahbari Favzi Laxja' 20 martda fojiali voqea bo‘yicha qaror qabul qilish uchun federatsiya intizom qo‘mitasining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazadi.

Top