12:50 / 21.03.2016
1624

Hindistonda yovvoiy filning hujumi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Hindistonning sharqida joylashgan G‘arbiy Bengaliya shtatida yovvoiy filning hujumi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Mahalliy hukumat bergan ma'lumotga ko‘ra, yovvoiy hayvonni Kalkutta shahriga, odamlarga ko‘rsatish uchun olib kelingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, filni Bankur okrugidagi jungleydan olib kelishgan.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, hukumat yovvoiy hayvonni ushlab, jungleyga qayatirib yuborish uchun maxsus mutaxassislarni yollagan.

Top