07:00 / 22.03.2016
1825

Darvozabon Buffon darvozalarga atab "dil izhorlarini" yozdi

“Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon Italiya A seriyasida darvozalar dahlsizligi davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatgandan keyin darvozalarga dil izhorlari bildirilgan xat yozdi. Buffon 20 yil davom etgan rekordni yangiladi. Bu “Yuventus”-“Torino” derbisida yuz berdi. Darvozabon umumiy hisobda 973 daqiqa davomida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.

“Men sizlarga teskari o‘girilganimda 12 yoshda edim. Men o‘z o‘tmishimni xavfsiz kelajagim uchun unutdim. Bu his-tuyg‘ularga asoslangan yurak tanlovi bo‘ldi. Shu kundan boshlab men sizlarga qaramay qo‘ydim, men sizlarni sevishni boshladim. Sizlarni himoya qilish uchun sevdim. Darvozaning birinchi va oxirgi himoyasi bo‘lish uchun. Men siz bilan boshqa nigohlar bilan to‘qnash kelmaslik uchun qo‘limdan kelgan barcha narsani qilishga o‘zimga va'da berdim. Yoki bu iloji boricha kamroq yuz berishiga va'da berdim. Bu har gal yuz berganda, meni sizni ishonchingizni oqlay olmaganiimdan yuragim eziladi.   

Biz bir-birimizga zid bo‘lganmiz, biroq shu bilan birga oy va quyosh kabi bir-birimizni to‘ldirganmiz. Biz bir-birimizga tegishga imkonimiz bo‘lmagan holda bir-birimiz bilan yonma-yon yashashga majbur bo‘lganmiz. Men 25 yildan ko‘proq vaqt avval o‘z tanlovimni qilib bo‘lganman. Men sizning dushmanlardan qalqoningiz bo‘ldim. Men sizning farovonligingizni o‘z manfaatlarimdan ustun qo‘yib, u haqda doimo qayg‘urganman.

Men sizga orqam bilan o‘girilganimda 12 yoshda edim, biroq mening oyoqlarim, boshim va yuragim buni qilishga imkon berguncha, sizni himoya qilishda davom etaman”, deb yozdi zamonamizning eng yaxshi darvozaboni feysbukda. 

Top