18:48 / 22.03.2016
1311

Teraktlar tufayli Belgiya terma jamoasining mashg‘ulotlari qoldirildi

Futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasining bugunga belgilangan mashg‘ulotlari bekor qilindi.

Bunga bugun mamlakat poytaxti Bryussel shahrida sodir etilgan davomli teraktlar sabab bo‘ldi.

Terma jamoa 29 mart kuni Portugaliya terma jamoasini qabul qilib, o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilangandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Bryusselda yuz bergan teraktlar tufayli qurbon bo‘lganlar soni 34 nafarni tashkil etmoqda, jarohatlanganlar soni 200 nafarga yaqinlashgan.

Top