10:55 / 23.03.2016
1942

O‘zbekistonga tekstil uskunalarini olib kirish nazorati kuchaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 martdagi qaroriga binoan tekstil uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berish zamonaviy texnologik talablar va narx darajasi nuqtai nazaridan shartnomani ekspertiza qilish va xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizom O‘zbekiston prezidentining “Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etgan holda tekstil korxonalarni texnik va texnologik qayta jihozlash to‘g‘risida”gi qarori (2016) doirasida qabul qilindi.

Tekstil uskunalarni olib kirish uchun beshta mezon kiritildi:

- ishlab chiqarilgan sanasi orqali belgilanadigan yangiligi (ekspertiza o‘tkaziladigan paytda uskuna ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan bo‘lishi lozim);

- eksport yo‘nalishi hamda, avvalo, tashqi bozorlarda xaridorgirligi orqali aniqlanadigan mahsulot assortimenti;

- unumdorligi;

- energiya samaradorligi;

- narxi.

Yangi qurilayotgan va qayta ta'mirlanayotgan ishlab chiqarish inshootlari, texnikalar va texnologiyalar loyihalarini texnik-iqtisodiy jihatdan muvofiqligini ekspert baholash Agentligi ushbu shartnomalarni ekspertiza qiladi va tegishli xulosa beradi.

Top