12:40 / 24.03.2016
1614

Hayvonot bog‘ida fillar pandalarga aylandi

Tailand hayvonot bog‘idagi 3ta fil fransuz rassomi Pol Granjyenning “1600 panda” ko‘rgazmasi uchun pandalar kabi tusda bo‘yaldi.

Ularni akril bo‘yoqlarida bo‘yab chiqishgan. Hayvonot bog‘ining xodimlari mazkur ish jarayonida fillarga hech qanday ziyon yetmaganini qayd etishdi.

Hayvonlarning noodatiy ko‘rinishi tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar fillar o‘ziga xosligidan mahrum bo‘lganligini qayd etib, bu g‘oyani tanqid ostiga olishdi. Boshqalar esa fillar ham tobora kamayib borayotgan jonivorlar qatoriga kirishini va bu ma'lumotni insonlar bilishi zarur ekanligini ta'kidlashdi.

Taniqli “1600 panda” ko‘rgazmasi pape-mashe (fransuzcha “papier mâché” – “saqichli qog‘oz”)dan qo‘l mehnati yordamida yasalgan 1600ta panda haykalchalaridan iborat. Ularni dunyoning turli mamlakatlariga pandalarning o‘limi muammolariga jamiyat e'tiborini qaratish maqsadida ko‘chirib yurishadi. Ekspozitsiya, masalan, Pekin, Honkong, Parij, Bangkok va Rim kabi shaharlarda ham tashkil etilgan.

Bangkok ko‘chalaridagi yuzlab pandalar (Foto)

Top