10:35 / 24.03.2016
1335

Kapello Italiya terma jamoasini boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida qaralmoqda

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketganidan beri yangi jamoada ish boshlamagan mutaxassis Fabio Kapello yozda Italiya terma jamoasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Italia xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Yevro-2016 turniri yakunlangach, hozirgi bosh murabbiy Antonio Kontening "Chelsi"ga ketishi evaziga bo‘shaydigan lavozimni aynan tajribali mutaxassis Fabio Kapello egallaydi. Shuningdek, unga terma jamoaning sobiq futbolchisi Fabio Kannavaro yordamchilik qilishi aytilgan.

Bundan oldinroq, Kapello bundan keyin terma jamoalar bilan ishlashni istamasligi haqida aytgandi.

Top