19:30 / 24.03.2016
1635

Mishel Platini: Men do‘stimni yo‘qotdim, dunyo esa ulug‘ insonni

O‘tgan asrning 80-yillarida Fransiya terma jamoasi safida to‘p surgan, keyinchalik futbol amaldoriga aylangan Mishel Platini gollandiyalik sobiq futbolchi hamda murabbiy Yoxan Kroyffning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Kroyff barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi edi. Men do‘stimdan ayrildim, dunyo esa buyuk shaxsni yo‘qotdi. U alohida fazilatlarga ega futbolchi edi, men uning o‘yinidan rohat olardim", deya Platining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Yeurope1 .

Yoxan Kroyff 68 yoshida uzoq davom etgan saraton xastaligidan keyin vafot etdi.

Top