15:38 / 24.03.2016
1442

TIV delegatsiyasi Tokioda Yaponiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

2016 yilning 24 mart kuni Tokio shahrida O‘zbekiston va Yaponiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 16-raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekston TIV rasmiy sayti xabar tarqatgan.

Tadbir davomida 2015 yilning 24-26 oktabr kunlari Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar va bitimlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik, moliyaviy va texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Top