14:28 / 24.03.2016
3822

Toshkentda ayol haydovchilar boshqargan Nissan va Captiva ishtirokida YTH sodir etildi

23 mart kuni Toshkent shahrining Shevchenko va Nukus ko‘chalari tutashgan yo‘lda yirik YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Facebook'dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a'zolari ma'lum qilgan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Qora rangda bo‘lgan Nissan Altima va Captiva ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki mashinaga ham jiddiy zarar yetgan. Nissan Altima avval Captiva’ga, so‘ng yo‘l chetidagi to‘siqlarga borib urilgan. Captiva esa muvozanatni saqlay olmay ag‘darilib qolgan.

Voqea joyiga zudlik bilan YPX xodimlari yetib kelgan. YTH oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Top