15:13 / 24.03.2016
2055

Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi

Bugun, 24 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:37da Toshkent shahri aholisi vakillari kuchsiz zilzilani sezishdi.

"Toshkent" seysmomarkazining xabar berishicha, zilzila epimarkazi Tojikiston hamda Afg‘oniston chegarasida, Toshkentdan 333 km uzoqlikda joylashdi. Zilzila markazida zilzila kuchi 4, 9 magnitudani tashkil etdi. Toshkentda sezilgan zilzila kuchi esa taxminan 2 ballga teng bo‘lgan.

Top