17:05 / 25.03.2016
1596

Alisher Usmonov kompaniyasi RFI bosh homiysiga aylandi

RFI rahbari Vitaliy Mutko tadbirkor Alisher Usmonovga tegishli «Megafon» kompaniyasi bilan hamkorlik boshlangani haqida ma'lum qildi. Tomonlar 2018 yilgacha bitim tuzishgan.

Shartnomani imzolash marosimi Moskvadagi "Otkritiye Arena"da o‘tkazilgan. Shartnomaning moliyaviy jihatlari oshkor qilinmagan.

«Megafon»ga minnatdorchilik izhor qilmoqchiman. RFI siyosati bozorda katta obro‘ga ega bo‘lgan ishonchli kompaniya bilan homiylik kelishuviga erishdi. Bu shunchaki qo‘llab-quvvatlov emas. Bu yuqori standartdagi qo‘shma tashkilotga aylanishdir.

Bu shartnoma nafaqat pul o‘tkazmalarini o‘z ichiga oladi. Biz xizmatlar sifatini yaxshilash, muxlislar uchun qo‘shimcha xizmatlar taqdim etish ustida ishlaymiz. Biz sportning, xususan futbolning ommalashuvini oshirishni istaymiz», — deydi Mutko.

Top