17:47 / 25.03.2016
1678

Yengil atletika: Tunisdagi xalqaro turnirda O‘zbekiston paralimpiyachilari 3ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Tunisda yengil atletika bo‘yicha Gran Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqada 21 davlatdan 300dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqaning dastlabki kunida uch nafar o‘zbekistonlik sportchi 3ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, yadro uloqtirish bahslarida eng yuqori natijani yengil atletikaning (F12) klassida 12.83 sm.ga uloqtirib, Burxanova Sofiya shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Axmatxanova Dilafro‘z (F35) klassida 7.88 sm. natija bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Nayza otish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Svechnikov Aleksandr 57.02 sm.natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Endilikda o‘zbekistonlik sportchilar 1500 m. masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etishadi.

Top