11:14 / 26.03.2016
1385

Futbol bo‘yicha Fransiya termasi o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyani yengdi

Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mehmonda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyani 2:3 hisobida mag‘lub etdi.

Frantsuzlar safida gollarni yarimhimoyachi Antuan Grizmann (6-daqiqa), hujumchi Olive Jiru (13-daq.) va yarimhimoyachi Blez Matyuidi (87-daq), hollandlar safida hujumchi Lyuk de Yong (47-daq.) va yarimhimoyachi Afellay (86-daq.) kiritdilar.

Amsterdamda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 14-daqiqada sobiq hollandiyalik futbolchi, uch karra "Oltin to‘p" sohibi, 14-raqam ostida to‘p surgan, 24 martda o‘pka saratoni kasalidan vafot etgan afsonaviy Yohan Kroyffning xotirasini yod etish uchun bir daqiqaga to‘xtatildi.

6-daqiqada Antuan Grizmann tomonidan raqib darvozasiga kiritilgan to‘p Hollandiya terma jamoasi o‘z tarixida o‘tkazib yuborgan 1000-gol bo‘ldi.

Fransiya o‘z maydonlarida o‘tadigan Yevropa chempionatining final bosqichida Ruminiya, Shveytsariya va Albaniya terma jamoalari bilan bellashadi. Hollandiya esa o‘z saralash guruhida 4-o‘rinni egallab, musobaqaning final bosqichiga chiqa olmagan.

Top