Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:30 / 26.03.2016
1976
1 daqiqa o‘qiladi
Toxir Benzemani «Inter»ga olib kelmoqchi
Italiyaning “Inter” jamoasi “Real” klubi hujumchisi Karim Benzemaga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Corriere dello Sport gazetasi.
Manbaning xabar qilishicha, Milan klubi prezidenti Erik Tohir jamoaga futbol yulduzini olib kelish niyatida. Ammo, buning uchun “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi sotilishi kerak.
Frantsuz hujumchisining “Real” bilan shartnomasi 2019 yil yozigacha amal qiladi.