15:42 / 27.03.2016
5579

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi uy sharoitida smartfon uchun proyektor ixtiro qildi

4-sinf o‘quvchisi Zafarbek Xolmirzayev smartfondagi tasvirni ekranda kattalashtirib ko‘rsatadigan qurilma – proyektorni kashf qildi. Bu haqda uning opasi Mohlaroyim Qayumova feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

U bu ixtirosi orqali “Jajji akademik” jurnalining “Akademik bolaman” nomli tanlovida ishtirok etmoqda.

Yosh ixtirochi bu moslamani uy sharoitida yaratgan. Bunda optik lupadan tasvirni kattalashtirish vositasi sifatida foydalangan. Ixtirochining ta'kilashicha, bu yo‘l bilan har qanaqa smartfon foydalanuvchisi mobil qurilmasi uchun proyektor yasashi mumkin.

Zafarbek Xolmirzayev Toshkent viloyati Qibray tumani 1-o‘rta ta'lim maktabida tahsil oladi. Mobil aloqa vositalari uchun ovoz kuchaytiruvchi apparatlar, smartfon uchun 3D ekran va boshqa qiziqarli kashfiyotlar qilgan. Zafarbek kelajakda teleportatsiyani ham ixtiro qilmoqchi.

 

Ukam - Zafarbek 11 yoshda. Texnikaga qiziqadi, yangi moslama, turli qurilmalar ixtiro qilish bilan shug‘ullanadi. Yaqinda optik lupa yordamida smartfon uchun proyektor yaratdi. Quyidagi videoda ixtirosini bosqichma-bosqich tushuntirib bergan. Bu qurilmani Siz ham uy sharoitida yaratishingiz mumkin. #jajjiakademik "Akademik bolaman" tanlovi uchun maxsus.

Opublikovano Mohlaroyim Qayumova 26 marta 2016 g.

“Jajji akademik” jurnali “Akademik bolaman” nomli tanlov o‘tkazmoqda

Top