15:26 / 27.03.2016
2793

O‘zMU rektori interfaol qabulxonasini tashkil etdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida keng ko‘lamda modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda.

Universitet rektorining ishlari ortgani va u o‘z ofisida hamisha ham bo‘lmasligi uchun murojaatchilarning shikoyatini qabul qilish va rektorga yetkazish maqsadida universitet veb-saytida virtual qabulxona tashkil etilgan.

O‘zMU axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, murojaat etuvchilar info@nuu.uz pochtasi orqali rektorga bog‘lanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri u bilan muloqot qilishi mumkin.

Agar rektor qabulxonasiga shaxsiy masala yoki taklif bilan kelinganda, u bilan shaxsan uchrashishning imkoniyati topilmasa, bu holatda universitet rektori qabulxonasiga kirish joyida o‘rnatilgan kompyuterdan rektorning shaxsiy pochtasiga xabar qoldirish mumkin. Ushbu pochta konfidentsial bo‘lib, har kuni kechqurun rektorning shaxsan o‘zi o‘qib, murojaatchilar qoldirgan telefon yoki elektron pochta orqali u bilan aloqa o‘rnatadi.

Top