14:43 / 27.03.2016
1335

Pellegrini: «O‘ynayversang, o‘ynayversang va yana o‘ynayversang, ishlashga vaqt bo‘lmaydi»

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini APLning joriy mavsumi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘ylaymanki, joriy mavsum o‘ta g‘alati kechmoqda. Lekin bu ko‘plab shunday mavsumlardan biridir. G‘alati mavsumlar bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Bunday mavsumlar jamoalarning kimo‘zarga pul sarflashga tushganida yuz beradi.

O‘yinlarning translyatsiyasi huquqlari katta miqdordagi pulga sotilgani uchun jamoalar avvalgidan ham ko‘ra ko‘proq pul ishlab oladigan bo‘lishdi. Bu esa jamoalarning o‘z saflarini saviyali futbolchilar bilan to‘ldirishiga imkon beradi.

Haftaning o‘rtasida futbol o‘ynamaslik kerak, chunki bu vaqtda mashg‘ulotlar o‘tkazish kerak. Qachonki, sen o‘ynayversang, o‘ynayversang va yana o‘ynayversang, bunaqa holatda ishlab bo‘lmaydi.

Yevrokuboklarda ishtirok etmaydigan, hafta davomida tur o‘yinlariga tayyorlanadigan jamoalar esa ishlashadi. «Lester»ning bu mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlari shu sabablidir. Keyingi mavsumda ham boshqa bir necha jamoadan shunday o‘yin kutishimiz mumkin, keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashadigan yangi nomlar paydo bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda «Lester» ligani tark etishdan zo‘rg‘a qutilib qolgandi. Ular oxirgi 7ta o‘yindan 6tasida g‘alaba qilib, birida durang o‘ynashdi. Ular bu mavsumda ham o‘sha tempni saqlab qolishdi. Ular o‘zlarini o‘tgan mavsum so‘ngidagi holatdan chiqib ketmagandek, ligada qolish uchun kurashayotgan kabi jon-jahdlari bilan o‘ynashdi.

Ular o‘tgan mavsum hali tugamagan kabi harakat qilishdi.

Ularda yangi murabbiy ish boshladi, lekin jamoaning tarkibi yaxshi edi. Men ishonch bildiramanki, bu jamoa yozgi transferlar vaqtida tarkibni yanada kuchaytirishadi», – deydi Pellegrini.

Top