11:04 / 28.03.2016
1911

O‘zbekistonda 2015 yili 848ta obekt xususiylashtirildi

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasining xabar berishicha, 2015 yil O‘zbekistonda 848ta tashkilot va obektlar xususiylashtirildi.

Hisobotga ko‘ra, eng ko‘p obektlar soni Toshkent viloyatiga (128ta obekt) to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Namangan viloyatida -108ta obekt, Farg‘ona viloyatida - 100ta obekt, Andijon viloyatida - 82ta obekt, Qashqadaryo viloyatida - 54 obekt, Jizzax viloyatida - 53 obekt va Surxondaryo viloyatida - 52 obekt xususiylashtirildi.

Davlat mol-mulkni xususiylashtirish tuzilmasida eng yirik ulush- 478 ta obekt mahalliy hukumat organlariga to‘g‘ri kelmoqda .

Davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan tushayotgan mablag‘ 2015 yilning yanvar-dekabr oylariga ko‘ra, 103,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

Hududiy jihatdan olganda, davlat aktivlaridan eng ko‘p pul tushumi Toshkent shahri (61,0 foiz), Toshkent viloyati (11,6 foiz), Farg‘ona viloyati (4,9 foiz), Namangan viloyati (4,4 foiz), Xorazm viloyati (4,0 foiz), va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,5 foiz)ga to‘g‘ri kelmoqda.

Top