12:13 / 28.03.2016
1566

«Real» muxlislari «Barselona»ga qarshi o‘yinda Xames va Isko maydonga tushishini istashmayapti

Ispaniyadagi AS gazetasi o‘z o‘quvchilari orasida «Real»ning «Barselona»ga qarshi navbatdagi o‘yinda tushiriladigan tarkibi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, madridliklar jamoasi muxlislarining aksar qismi Xames va Iskoni asosiy tarkibda ko‘rishni istashmasligini bildirishgan. Bu ikki futbolchi so‘nggi vaqtlarda muxlislar va matbuot tomonidan ko‘p marta tanqidga uchramoqda.

Navbatdagi «klasiko» 2 aprel kuni, Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida, kataloniyaliklar maydonida bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bahsda kataloniyaliklar safardan 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgandi.

Top