12:51 / 29.03.2016
4984

Microsoft kompaniyasi HoloLens va Kinect uchun smart-uzuk ishlab chiqarmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Microsoft kompaniyasining yangi patenti haqida ma'lumot berildi. Gap foydalanuvchining qo‘l yoki barmoq harakatlarini sezuvchi "aqlli uzuk" haqida bormoqda.

Kinect bilan bog‘liq zamonaviy datchiklar muammosi shundaki, ular asosiy harakatlarni qayd qiladi. Bu tana harakati yoki qo‘l harakatlari bo‘lishi mumkin. Mayda harakatlar deyarli belgilanmaydi. Ular bilan ishlash uchun ana shunday uzuk o‘ylab topildi.

Yangi qurilmaga barcha asosiy datchiklar kiritilib, ular foydalanuvchining harakatlarini qayd etishi kerak bo‘ladi. Ularning orasida - giroskop, akselerometr, shuningdek infraqizil datchik bor. Uning yordamida foydalanuvchi qachon barmog‘ini qayirib, klik amalga oshirayotganini aniqlash mumkin.

"Aqlli uzuk" Microsoft ning mavjud HoloLens va Kinect qurilmalarini to‘ldirishi taxmin qilinmoqda. Keskin harakatlarni sezuvchi sensor bilan birga kompaniya foydalanuvchining har bir harakatini sifatli aniqlashga erishishni rejalashtirmoqda.

Top