14:06 / 29.03.2016
1634

Qo‘lsiz kishi kriket o‘ynab boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda

Amir Husayn Loniy bolalik chog‘idayoq ikki qo‘lidan ajralgan, biroq u ko‘p narsaga qodir.

Dubay: Hindistonlik kishi qo‘llari yo‘qligiga qaramasdan o‘zining kriket o‘ynash orzusini amalga oshirdi.

Amir Husayn Loniy Hindistonning kelib chiqishi Kashmir viloyatidan bo‘lgan 26 yoshli yigit bo‘lib, uning oyoqlari ovqat yeyishga, bo‘yin va yelkasi esa ushlash vazifasini bajarishga o‘rgangan.

Loniy 8 yoshligida baxtsiz hodisa tufayli ikkala qo‘lidan ayrilgan.

Uning ota-onasi o‘g‘lining kriket o‘ynay olishi uchun sog‘lig‘ini tiklash maqsadida uylarini sotdi.

"Hayot menga qancha og‘ir sinovlar bergan bo‘lsa-da, u meni yashashga undaydi", - deydi Loniy. U qanday bo‘lmasin bor kuchi bilan harakat qilishini hamda hayotini kriketga bag‘ishlashini bildirdi.

Top