16:10 / 30.03.2016
2533

31 mart ob-havo ma'lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 31 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 8-10, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Top