11:36 / 30.03.2016
1715

FIFA 2030 yilgi yubiley JChni Argentina va Urugvayda o‘tkazmoqchi

FIFA prezidenti Janni Infantino Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) shtab-kvartirasiga qilgan tashrifi chog‘ida Jahon chempionati musobaqasinining 100 yilligi nishonlanadigan 2030 yilgi mundialni Argentina va Urugvayda o‘tkazish masalasini muhokama qildi. Bu haqda TASS Reuters axborot agentligiga tayanib xabar tarqatmoqda.

Futbol bo‘yicha ilk jahon chempionati 1930 yilda Urugvayda tashkil qilingan bo‘lib, final uchrashuvida turnir mezbonlari Argentina terma jamoasi bilan kuch sinashgan. Uchrashuvda Urugvay 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, ilk jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘lgandi.

FIFAning taxminiy rejasiga ko‘ra, 2030 yilgi turnir mundiallarning 100 yilligiga bag‘ishlanishi va unda dastlabki JCh finalchilari mezbonlik qilishi lozim.

Shuningdek, FIFA rahbari JCh final turnirida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 32 tadan 40tagacha oshirishilishini 2026 yildan boshlashni reja qilgan. 2018 va 2022 yilgi chempionatlar esa hozirgi formatda bo‘lib o‘tadi.

Top