09:14 / 30.03.2016
4957

JCh-2018 saralash. O‘zbekiston terma jamoasining 3-bosqichdagi taqvimi

Osiyo qit'asida JCh-2018 va Osiyo kubogi-2019 qo‘shma saralashining 2-bosqichiga yakun yasaldi. Saralashning 3-bosqichiga 12ta terma jamoa yo‘l oldi va ular savatchalarga ajratildi.

Savatchalar tarkibi:
1-savatcha: Eron, Avstraliya
2-savatcha: Janubiy Koreya, Yaponiya
3-savatcha: Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston
4-savatcha: BAA, Xitoy
5-savatcha: Qatar, Iroq
6-savatcha: Suriya, Tailand.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining taqvimi juda o‘ziga xos bo‘ladi. Terma jamoa dastlabki o‘yinni 1 sentabr — Mustaqillik kuni Toshkentda 6-savatcha vakili (Suriya yoki Tailand)ni qabul qiladi. Oradan 5 kun o‘tib, 5-savatcha jamoasi (Qatar yoki Iroq) maydoniga yo‘l olinadi. Oktyabr oyida esa O‘zbekiston ketma-ket ikkita o‘yinni o‘zida qabul qiladi. O‘zbekistonga 1 va 4-savatcha vakillari tashrif buyurishadi.

Dastlabki 4ta o‘yinda imkon qadar maksimal jamg‘arilsa, ko‘p narsa oydinlashib qoladi.

O‘zbekiston terma jamoasining taqvimi
1-tur, 1 sentabr. O‘zbekiston – Suriya/Tailand
2-tur. 6 sentabr. Qatar/Iroq – O‘zbekiston
3-tur. 6 oktabr. O‘zbekiston – Eron/Avstraliya
4-tur. 11 oktabr. O‘zbekiston – BAA/Xitoy
5-tur. 15 noyabr. Janubiy Koreya/Yaponiya – O‘zbekiston
6-tur. 23 mart. Suriya/Tailand – O‘zbekiston
7-tur. 28 mart. O‘zbekiston – Qatar/Iroq
8-tur. 13 iyun. Eron/Avstraliya – O‘zbekiston
9-tur. 31 avgust. BAA/Xitoy – O‘zbekiston
10-tur. O‘zbekiston – Janubiy Koreya/Yaponiya

Top