18:14 / 30.03.2016
1861

Jizzax viloyatida deputat va saylovchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi 11-bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Nodirbek Rajabov saylovchilar bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Deputat tadbirkorlikni huquqiy himoya qilish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash bo‘yicha erishilayotgan samaralar haqida so‘z yuritdi.

– Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, joylarda qonunchilik ijrosini kuchaytirish oldimizga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarishning kafolatidir, – deydi N.Rajabov. – Bu yoshlar tarbiyasi va ular bandligini ta'minlashda yaxshi samara bermoqda. Partiyaning saylovoldi dasturida yoshlar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga yanada keng jalb etishga ko‘maklashish bo‘yicha belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotgani ham buning yorqin tasdig‘idir.

Uchrashuvda deputat ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

Top