21:15 / 30.03.2016
1985

Maykl Jyekson ko‘rinishidagi ulkan tort pishirildi

Britaniyalik Sonya Todd amerikalik taniqli xonanda Maykl Jyekson ko‘rinishidagi ulkan tort tayyorladi. Tort balandligi 2,1 metrni tashkil etadi

Shimoliy Yorkshirda iste'qomat qiluvchi ayol tortni tayyorlash uchun nonushta mahsuloti bo‘lgan Rice Crispies, shokolad va glazurdan foydalandi. Shirinlikni tayyorlash uchun besh hafta vaqt sarflandi.

Haykalsimon tort britaniyalik ayolga Birminhemdagi Cake International tanlovida bronza medalini hadya etdi. Endilikda tort xayriya uchun sotuvga qo‘yiladi.

“Men Maykl Jyeksonni va tortlarni bezashni yazshi ko‘raman”, - deya ta'kidladi Todd.

Top