11:42 / 30.03.2016
1751

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Krasnodardan O‘zbekiston shaharlariga sayyohlik marshrutlarini yo‘lga qo‘ymoqchi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Krasnodar o‘lkasidan O‘zbekistonning tarixiy hududlariga sayyohlik marshrutlari ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «RBK-Yug» nashri xabar tarqatdi.

Agentlik bergan ma'lumotga ko‘ra, aviakompaniya Krasnodar va Sochi bilan birgalikda O‘zbekistonning tarixiy maskanlari: Toshkent, Xiva, Samarqand va Buxoroni aviayo‘nalishlar orqali bog‘lash taklifi bilan chiqqan.

Parvozlar ikkinchi yo‘nalishga ko‘ra stopover sxemasi (transferlar punktida bir kundan ortiqroq vaqt davomida kutish) bo‘yicha amalga oshiriladi.

Top