16:37 / 31.03.2016
2937

Bokschi Shahobiddin Zoirov ham «Rio-2016» yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Xitoyning Kuinan shahrida XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun o‘tkazilayotgan Osiyo va Okeaniya qo‘shma lisenzion chempionatida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov ham “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Bu haqda Milliy olimpiya Qo‘mitasi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Og‘irlik vazni 52 kg.gacha bo‘lgan sportchilar musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov yarim final jangida qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevni 3:0 hisobida mag‘lub etib, XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Hasanboy Do‘smatov (-49 kg) va Yodgoroy Mirzayeva (-51 kg) «Rio-2016» o‘yinlariga yo‘llanma olgan haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschilar yarim final janglarida ringga ko‘tarilishadi. Shahram G‘iyosov (-69 kg) filippinlik Santos Marsial, Elshod Rasulov (-81 kg) qirg‘izistonlik Yerkin Adilbekulu, Rustam To‘laganov avstraliyalik Jyeyson Vateley, Bahodir Jalolov (+91 kg) esa eronlik Abdulmajid Sepaxvandi bilan jang olib boradi.

Top