11:59 / 31.03.2016
2685

Eng ko‘p kutilayotgan smartfonlardan biri LG G5 jahon bozoriga chiqmoqda

LG G5 - modul dizaynli ilk smartfon - mobil texnologiyalar olamida yangi imkoniyatlarni ochadi.

Shu haftada LG Electronics kompaniyasi eng uzoq kutilgan LG G5 modul smartfonini jahon bozoriga olib chiqadi. Sotuvlar 31 mart kuni Janubiy Koreyada, 1 aprelda AQShda, undan so‘ng esa Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida amalga oshiriladi.

Butun dunyodan 200ga yaqin riteyler va aloqa operatorlari LG G5 smartfonini ichki bozorlarida namoyish qilish qaroriga kelishdi.

O‘tgan oyda Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress (MWC) 2016 Butunjahon mobil kongressida LG G5 modeli eng zamonaviy texnologiyalarni ro‘yobga chiqarish namunasi hisoblandi. LG G5 modelining konsepsiyasi MWC ishtirokchilari va ziyoratchilari tomonidan munosib baholandi, buni uning eng ko‘p mukofot olgani isbotlaydi: umumiy hisobda flagman 33 mukofotni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, u innovatsiya, yuqori sifat va yutuqlarni e'tirof etuvchi eng nufuzli platforma GSMA assotsiatsiyasi tomonidan beriladigan "MWC 2016 ning eng yaxshi yangi smartfoni" nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

"MWC’dagi debyutdan so‘ng LG G5 va LG Friends mobil texnologiyalarga bunday noan'anaviy yondashuvlari tufayli butun dunyodagi foydalanuvchilarning tasavvurini qamrab oldi", - deydi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasining prezidenti Juno Cho.

"Modul dizayn haqida anchadan beri gapirilardi, biroq hanuzgacha birortasi uni foydalanuvchilarga yetkaza olgani yo‘q. Shuning uchun biz bunday maroqli javobgarlikni o‘z zimmamizga olganimizdan benihoya xursandmiz", deb qo‘shimcha qilgan u.

Smartfon bir qator yangi texnologiyalar bilan boyitilgan: keng formatli suratlar olishga imkon beruvchi 135 gradusli tasvir burchagiga ega ikki tomonli kamera; displeyni faollashtirish zaruratisiz barcha xabarlardan voqif bo‘lish imkonini beruvchi "Always-on Display" funksiyasi; kinoteatr miqyosidagi tovush jarangini ta'minlovchi, hattoki shovqinda ham aniq eshitilib turuvchi Dolby Digital Plus audiotizimi va 7.1 formatining keng qamrovli jarangi.

Bundan tashqari, LG G5 smartfonida foydalanuvchilarga dasturlar yaratish imkonini beruvchi intellektual qarorlar - IFTTT (If This Then That -Agar bu bo‘lsa, u holda) xizmati mavjud.

LG kompaniyasi foydalanish interfeysida grafikani yengillashtirdi. Bunda yorqin ranglar kombinatsiyasidan va yarimshaffof effektlardan foydalanildi. Undan tashqari, animatsiyalar sinxronizatsiyasi amalga oshirildi, bu esa o‘z o‘rnida foydalanuvchi uchun qiziq tajriba hisoblanadi.

LG G5 bilan birga yoki undan sal keyinroq bir qator mamlakatlarda «LG Friends» qo‘shimcha qurilmalari ham namoyish etiladi:
⦁ LG CAM Plus kamerasi
⦁ LG Hi-Fi Plus B&O PLAY pleyeri
⦁ Virtual reallik ko‘zoynagi LG 360 VR
⦁ LG 360 CAM kamerasi
⦁ LG Rolling Bot roboti
⦁ LG Tone Platinum
⦁ LG H3 ot B&O Play quloqchinlari

Sotuvga chiqishning aniq sanasi va narxi har bir mamlakat uchun alohida e'lon qilinadi.

Top