09:32 / 31.03.2016
1673

TIASVda Fransiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

28 mart kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Fransiyaning O‘zbekiston respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri-Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlik shuningdek, Fransiyaning kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning joriy holati borasidagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Top