17:28 / 01.04.2016
1722

Nettop simsiz quvvatlantira olish imkoniga ega bo‘ldi

EliteGroup Computer Systems(ECS) kompaniyasi o‘zining yangi mahsuloti Live Station shaxsiy stol kompyuterini mijozlar e'tiboriga havola etdi.

Uning ustki qismi orqali, Qi standartli smartfonlarni simsiz quvvatlantirish mumkin. Nettopga Bay Trail avlodining 2.16 - 2.41 GGts to‘lqinli Intel Celeron N2830 protsessori o‘rnatilgan.

Unga Intel HD Graphics grafikasi, 2 Gb operativ xotira, 32 Gb flesh xotira, Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0, USB 3.0 hamda USB 2.0 uchun joylar, HDMI porti, gigabitli tarmoq kontrolleri, IK-sensor va 3.5-mm audioraz'yom joylangan. Kompyuter Windows 10 Home operatsion tizimda ishlaydi.

Yangi mahsulotning o‘lchami  keltirilmagan bo‘lsada, rasmdan uning stol ustida unchalik ko‘p joy egallamasligi ko‘rinib turibdi.  ECS Live Station Yaponiyada 9 aprelda 335 dollardan sotila boshlanadi.

Keyinchalik, bu yangilik birmuncha arzon narxlarda boshqa davlatlarga yetkazib beriladi.

Top