12:49 / 02.04.2016
1317

Nazarboyeva: Murabbiylar, o‘quvchilarida smartfon borligini unutmasliklari lozim

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Dariga Nazarboyevaning fikricha, smartfonlar, o‘qituvchilarning o‘z ustida ko‘proq ishlashi garovidir, deb xabar qilmoqda "Novosti-Kazaxstan" axborot agentligi.

"Afsuski, OAVda, o‘z vakolatlarini suiste'mol qilayotgan, o‘quvchilar bilan muomalada haddidan oshayotgan o‘qituvchilar borasida ko‘plab ma'lumotlarni topsa bo‘ladi. Shuni doim yodingizda saqlashga majbursiz, bugungi kun o‘quvchilari sizning ustingizdan smartfon bilan qurollangan o‘ziga xos jususdir", — degan Nazarboyeva Ostonadagi 81 maxsus gimnaziyaga tashrifi chog‘ida.

U, shuningdek, "unutmang, sizning yaxshi yoki yomon bo‘lgan har bir harakatingiz, internetda paydo bo‘lishi mumkin. Ayni holat, o‘qituvchilar intizomini nazorat qilishda, yuqoridan beriladigan buyruqqa nisbatan samaraliroqdir", — deb qo‘shimcha qilgan

Top