07:22 / 02.04.2016
2022

Olimlar birinchi marta stvol hujaylaridan terining tashqi qatlamini o‘stirishdi

Yaponiyaning Fizik va kimyoviy tadqiqotlar markazi shifokor-olimlari indutsirlangan stvol hujaylaridan (iPS-hujayralar) terining tashqi qatlami va tuk ildizlarini o‘stirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda. 

"Bizning tadqiqotlar stvol hujayralari yordamida tana a'zolari yoki to‘qimalarini yetishtirish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu fan taraqqiyotidagi katta qadamdir. Loyihamizning yakuniy maqsadi jiddiy kuyish jarohatlarida ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lgan inson terisini stvol hujayralaridan yetishtirish usulini topish hisoblanadi", deb aytdi loyiha rahbari professor Tsudzi Takasi.

Olimlar tajriba yo‘li bilan tuk qoplamasiga tug‘ma ega bo‘lmagan dala sichqoniga maxsus protein bilan aralashtirilgan 30 ta guruh stvol hujayralarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldilar. Bir oy o‘tmasdan hujayralar yashab ketgan. Tajriba sichqonida teri yog‘i ishlab chiqilib, tuk o‘sa boshlagan. Tez orada sichqon terisining tashqi qatlami to‘liq tiklangan.

Biroq ta'kidlanishicha, regenerativ tibbiyotning bosh muammosi hozircha hal qilinmagan. Ko‘plab zamonaviy tadqiqotchilarning fikricha, yetishtirilgan to‘qimalarning o‘tkazilishi yomon sifatli o‘simtalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Top