12:10 / 02.04.2016
1869

Senat majlisida Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi

2016 yil 1 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, Astanov Mumin Karimovich va Soliyev Sarvar G‘ayratjonovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari etib saylandi.

Djurayev Oybek Abdukadirovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. Yo‘ldoshevning ma'lum qilishicha, ushbu qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Top