00:00 / 05.04.2016
19983

Anvar Sanayev qizini turmushga berdi

Xonanda Anvar Sanayev 4 aprel kuni qizi Asalni turmushga berdi. Bu haqda xonandaning do‘sti va hamkasbi Anvar Sobirov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deb yozadi «Qalampir».

“Anvar aka Sanayev xonadonlarida bugun baxtli onlar, biz do‘stlar, san'atkorlar esa qamishdan belbog‘ yasab xizmatda...”, – deydi Anvar Sobirov. Shuningdek, Anvar Sobirov Sanayev qizini yangi xonadonga kuzatayotgan chog‘ida tasvirga olingan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Shuningdek, aktrisa Zarina Nizomiddinova ham bu nikoh oqshomida ishtirok etib, o‘zining instagramdagi sahifasi orqali farzandini yangi hayot ostonasiga kuzatayotgan xonanda Anvar Sanayevga quyidagi tilaklarni bildirdi: «Anvar aka xonadonlarini chin qalbimdan tabriklayman, ikki yosh baxtli bo‘lib, kelasi yil shu payt shirindan-shakar farzandlar ato etishiga tilakdoshman. Malikalardek go‘zal qizingizni baxtlari ham o‘zlari kabi go‘zal bo‘lsin!».

Top