11:04 / 05.04.2016
1519

Diyego Simeone: «Barselona»ga qarshi o‘yinda syurprizlar bo‘lishi ehtimoli kam»

«Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone YeChLning chorak finalida «Barselona»ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Ikki jamoa ham bir-birini juda yaxshi biladi. Shuning uchun bu o‘yinda syurprizlar bo‘lishi ehtimoli kam. Men o‘ylamaymanki, o‘tgan shanba kungi klasikodagi mag‘lubiyat «Barselona»ning biz bilan o‘yinga ta'sir ko‘rsatadi deb.

Biz hamisha «Barselona»ga qarshi o‘yinlarga alohida yondashganmiz. Ular albatta o‘z maydonlaridagi bahsda jang qilish uchun maydonga tushadi. Bu juda kuchli va yengish qiyin bo‘lgan raqib», — deydi Simeone.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» – «Atletiko» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Top