19:51 / 05.04.2016
1426

Iguain sportchiga xos bo‘lmagan harakatlari uchun 4ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Gonsalo Iguain mamlakat chempionati doirasidagi «Udineze»ga qarshi 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdagi qiliqlari uchun 4ta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Liga rasmiy saytida xabar qilingan.

O‘yinning 75 daqiqasida, hisob raqib foydasiga 3:1 bo‘lib turganida argentinalik futbolchi raqib himoyachisi Felipe oyog‘iga atayin zarba bergan va ikkinchi sariq kartochkani olgan. Ammo shunday keyin ham Iguain hadeganda maydonni tark etishni istamagan va hakamga e'tiroz bildirib unga tashlanishga uringan. Shuningdek, «Udineze» futbolchilari bilan ham gap talashib qolgan.

Futbolchiga diskvalifikatsiyadan tashqari, 20 ming yevro miqdoridagi jarima to‘lash jazosi tayinlangan.

Iguain neapolliklar safiga 2013 yilda «Real»dan kelib qo‘shilgandi. 28 yoshli bu futbolchi joriy mavsumda «Napoli» safida 38 o‘yin o‘tkazdi va 32ta gol urdi.

Top