00:18 / 05.04.2016
2261

Rossiya chempionati, 22-tur: Odil Ahmedov "Krasnodar"ning "Dinamo" ustidan g‘alabasida o‘z hissasini qo‘shdi

O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov to‘p surayotgan "Krasnodar" jamoasi Rossiya chempionatining 22-turida "Dinamo"ni mehmonda yirik hisobda mag‘lub etdi. Ximkidagi "Arena Ximki" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:4 hisobi bilan krasnodarliklar foydasiga yakunlandi. "Buqalar" tarkibida gollarni Pavel Mamayev (penalti), Vyacheslav Podberyozkin, Fyodor Smolov va Odil Ahmedov kiritdi. "Dinamo" tarkibida Aleksey Ionov bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni vaqtda "Krasnodar" 37 ochko to‘plab 6-o‘rinni, "Dinamo" esa 24 ochko bilan 11-o‘rinni egallamoqda.

"Krasnodar" 10 aprelda o‘z maydonida "Ural" bilan, "Dinamo" esa 9 aprelda "Rubin" bilan mehmonda uchrashadi.

Rossiya Premer-Ligasi, 22-tur
"Dinamo" — «Krasnodar» — 1:4
Gollar: Ionov, 27 (1:0, pen); Mamayev, 31 (1:1, pen); Podberezkin, 47 (1:2); Smolov, 69 (1:3); Axmedov, 82 (1:4).

Top