20:27 / 05.04.2016
1464

Samir Nasri: «PSJ» bu uchrashuvda favorit»

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Samir Nasri Yevropa chempionlar ligasining «PSJ»ga qarshi uchrashuvi borasida gapirib fransuz jamoasini favorit deya atadi.

«PSJ» bu uchrashuvda favorit.

Birinchidan, «Manchester Siti»da juda ko‘plab jarohat olgan futbolchilar bor.

Ikkinchidan, so‘nggi yillarda «PSJ» chorak finalda o‘ynash tajribasiga ega bo‘lib kelmoqda», – deya fransuz futbolchisidan iqtibos keltiradi UYeFA rasmiy sayti.

Top